Yil oxirigacha Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin – Pashinyan 

Olam

image

Yil oxirigacha Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin, Yerevan buning uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan brifingda ma’lum qildi.    

“Tog‘li Qorabog‘dagi (tan olinmagan) og‘ir gumanitar inqiroz tinchlik jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ko‘rinib turibdi. Biz Lochin yo‘lagining yopilishi va Tog‘li Qorabog‘dagi gumanitar inqirozga ko‘p vaqt sarflayapmiz. Bu kuch va vaqt tinchlik shartnomasi ustida ishlashga yo‘naltirilishi kerak. Men har doim tinchlik shartnomasini yil oxirigacha imzolash mumkin deb hisoblayman”, deydi u.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘da 2020 yil kuzida harbiy harakatlar yakunlanganidan so‘ng, Armaniston va Ozarbayjon tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Jiddiy to‘siqlardan biri chegaraning umumiy uchastkasini belgilash masalasi bo‘ldi.

Ikki davlat rahbarlari Pashinyan va Ilhom Aliyev Rossiya va YeI vositachiligida bir necha marta uchrashuvlar o‘tkazdi, tomonlar tinchlik bitimi loyihasi bo‘yicha bir-birlariga muntazam ravishda yangi taklif va mulohazalarni bildirishyapti, biroq vaqti-vaqti bilan chegarada otishmalar sodir bo‘lmoqda. Bunda Baku va Yerevan bir-birini ayblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qorabog‘ masalasi bo‘yicha to‘rt tomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Nikol Pashinyan tinchlik shartnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing