Yil boshidan buyon “chiroyli” “nomer”larga qancha mablag‘ sarflangani ochiqlandi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2019
6728Joriy yil boshidan beri O‘zbekistonda "chiroyli" avtoraqamlarni harid qilish bo‘yicha 2018 yil natijalariga yaqinlashgan.
Respublika tovar xomashyo birjasi ma’lumotlariga qaraganda, shu yilning dastlabki to‘qqiz oyida sotilgan avtoraqamlar byudjet hisobiga 113,2 milliard so‘mni olib kelgan.
Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 4,1 million bo‘lib, umumiy hisobda 26 ming 820 ta avtomobil raqamlari ro‘yxatga olingan.
Ma’lumot o‘rnida, shu turdagi "chiroyli" avtoraqamlarni auksion tartibida sotish 2017 yilning sentyabr oyida yo‘lga qo‘yilgandi. 2017 yil yakunlariga ko‘ra mablag‘lar 27,6 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda esa ko‘rsatkichlar 121,7 milliard so‘mga teng bo‘ldi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr