Yig‘ilishda amaldorning telefonidagi porno video yoqilib ketdi

Olam

Ukrainaning Kirovograd viloyat hokimiyati yig‘ilishida “Kirovogradskiy oblavtodor” korxonasi direktori Andrey Rudnik telefonida behayo rolik yoqilib ketib, uning ovozi butun xonaga eshitildi. Ushbu holat telekanallarning kamerasi xotirasiga ham muhrlandi. 

Ukraina CBN kanali xabariga ko‘ra, yig‘ilishda hududiy rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Viktoriya Kulikova hisobot berayotgan vaqtda xonada erotik filmlarga xos bo‘lgan ovozlar eshitiladi.

Shu vaqtda Kulikova nogironlarga infratuzilma ob’ektlarini moslashtirish zarurligi yuzasidan hisobot berayotgandi.

Rudnik telefonidan kelayotgan tovushlar barcha yig‘ilish qatnashchilariga eshitiladi.

Noqulay holatga tushgan Rudnik zudlik bilan hokimiyat binosini tark etishga harakat qiladi.

CBN jurnalistlari amaldorni to‘xtatib, undan bu holat yuzasidan izoh olishga harakat qildi.

 

Biroq korxona rahbari savollarga javob berishdan bosh tortib, binodan chiqib ketadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

551

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing