Yozning oxirgi dam olish kunlarida havo salqinlashni boshlaydi

Bu qiziq

image

Yozning so‘nggi kunlarida O‘zbekiston hududining katta qismida biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati asosan 33-38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 39-40 darajagacha bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida avgust oyining so‘nggi kunlarida salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va joriy yilning 31 avgustga kelib kunduzgi harorat 25-30 darajagacha pasayadi.

Joriy yilning 1 sentyabr kuni nisbatan salqin havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi, havo harorati 3-5 darajaga pasayadi.

Ushbu kunlarda asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida bugun va ertaga biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarida ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kunduzi 28-30 avgustda 35-38 daraja, 31 avgustda 34-36 daraja, 1 sentyabrda 30-32 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 20-22 daraja, 1 sentyabrda 16-18 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning sentyabr oyida ob-havoning nisbatan quruq va biroz iliq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, O‘zbekistonda ertaga, 29 avgust kuni havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lishi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing