Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun yakuniy uch nomzod ma’lum bo‘ldi

Sport

image

UEFA rasmiy saytida 2022/2023 yilgi mavsum yakuni uchun beriladigan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlarni e’lon qildi.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan uchlik quyidagilar: Lionel Messi (hujumchi, PSJ, hozirda “Inter Mayami”da to‘p surmoqda), Erling Xoland (hujumchi, “Manchester Siti”) va Kevin De Bryuyne (yarim himoyachi, “Manchester Siti”).

Dastlab, 2022/2023 yilgi mavsumdagi o‘yinlariga ko‘ra ovoz berish uchun futbolchilarning qisqa ro‘yxati tuzildi. So‘ngra kuchli uchlik o‘tgan mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etgan klublar bosh murabbiylari va UEFA'ga a’zo mamlakatlar terma jamoalari murabbiylarining ovozlariga ko‘ra aniqlandi. Ovoz beradiganlar orasidan maxsus saralangan jurnalistlar ham bor. Murabbiylarga o‘z jamoalari futbolchilari uchun ovoz berishga ruxsat berilmagan.

G‘olib 31 avgust kuni 2023/2024 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida aniqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Erling Xoland Kevin De Bryuyne

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made