Yevropaning eng xavfli narkobaroniga hukm chiqarildi
Olam
−
28 fevral
12999Niderlandiyada kokain savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh rahbari, 2019 yilda Dubayda hibsga olinishidan oldin mamlakatda eng ko‘p qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi deb topilgan Riduan Tagi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Kecha, 27 fevral kuni Amsterdam yaqinidagi maxsus qo‘riqlanadigan joyda bo‘lib o‘tgan sud majlisida jami 17 nafar ayblanuvchining ishi ko‘rib chiqildi. Biroq Tagi sud zalida emas edi. Bu haqda AFP xabar berdi.
Hukm kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida, “bunker” nomi bilan tanilgan sud binosida o‘qildi. Bino qurollangan politsiya tomonidan o‘rab olingan, sud zalida pulemyotli va niqob taqqan politsiyachilar hamda osmonda patrullik qilayotgan vertolyot va uchuvchisiz samolyotlar aylanib yurgan. Shu bilan birga, hukmni e’lon qilgan sudya uning shaxsi yashirin bo‘lishi uchun to‘siq ortida qolgan.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, jinoyatchilar "qotillik mashinasi"ni yaratgan. 2015 yildan 2017 yilgacha ular oltita qotillik, to‘rtta qotillikka urinish va bir nechta qotillikka buyruq bergan. Tagi guruhining rahbari esa kimni o‘ldirishga qaror chiqargan va hech kimni ayamagan.
U boshqargan giyohvand moddalar savdosi guruhi Yevropadagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi va Mocro Maffia deb ataladi, bu uning ko‘plab a’zolari va Tagining kelib chiqishi marokashlik ekaniga ishora qiladi. Barcha ayblanuvchilar aybdor deb topildi va turli xil qamoq jazolariga, shu jumladan bir necha sudlanuvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tagi qamoqda bo‘lgan davrida ham uyushgan to‘daga rahbarlik qilishda davom etgan va o‘sha paytdagi yana uchta qotillik uchun javobgar bo‘lgan, ammo sud jarayonida ular ko‘rib chiqilmagan. Sud jarayoni tashkil etishning ham guruh a’zolaridan biri Nabil B. politsiyaga taslim bo‘lib, asosiy guvoh sifatida ishtirok etganidan keyin imkoni bo‘ldi. Shundan so‘ng 2018 yilda uning akasi, 2019 yilda uning advokati o‘ldirildi, 2021 yilda Tagi to‘dasi Amsterdam markazida mashhur tergovchi jurnalist Piter R. de Vrisning hayotiga suiqasd qildi. Jurnalist vafot etdi va shov-shuvli qotillik nafaqat Niderlandiyada, balki butun Yevropada shokka sabab bo‘ldi.
De Vris o‘sha yilning mart oyida ochilgan Riduan Tagiga qarshi sud jarayonida asosiy guvoh Nabil B.ning ishonchli vakili edi.
LiveBarchasi