Yevropaning eng keksa fuqarosi koronavirusni yengdi 

Olam

image

Fransiya va Yevropaning eng keksa fuqarosi, 116 yoshli Andre koronavirusni yengdi. 

Keksa ayolga joriy yilning 16 yanvar kuni Tulondagi qariyalar uyida koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Kasallik asoratlarsiz bo‘lgan. 

Andrening so‘zlariga ko‘ra, uni qiynagan narsa yolg‘izlikda o‘z-o‘zini yakkalash bo‘lgan. 

Qariyalar uyi vakiliga ko‘ra, yaqinda 117 yoshni qarshilaydigan bemor virusdan qo‘rqmagan, aksincha qo‘shnilaridan xavotirda bo‘lgan. 

Andrening haqiqiy ismi Lyusil Randon. U 1904 yil 11 fevralda tug‘ilgan. Ayol 41 yoshida rohiba bo‘lib, Vishi shahridagi shifoxonada ishlay boshlagan. 

1979 yildan u monastirdagi faoliyatini boshlagan, 2009 yilda qariyalar uyiga ko‘chib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing