Yevropaga “Henk” bo‘roni yopirildi

Olam

image

Kecha, 3 yanvar kuni Angliya va Uelsda 10 mingdan ortiq uy elektr energiyasiz qoldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Britaniya, Irlandiya va Niderlandiyadagi ob-havo xizmatlari tomonidan “Henk” deb nomlangan bo‘ron elektr ta’minotida uzilishlar va transport muammolariga sabab bo‘lgan. Angliyaning g‘arbiy qismida bo‘ron oqibatida mashinasi ustiga daraxt qulashi oqibatida haydovchi vafot etdi. London favqulodda xizmatlari Grinvich hududidagi ko‘chani o‘rab olgan. U yerda kuchli shamol tufayli iskala qulab tushib, Kroun-Vudsdagi ulkan daraxt yo‘lni to‘sib qo‘ygani aytilmoqda.

Shamol tezligi markazda 60 mil/soat, qirg‘oq va g‘arbiy hududlarda esa 80 milyaga yetishi kutilmoqda. Eng kuchli bo‘ronlar Angliya janubidagi Uayt orolida qayd etilgan, u yerda shamol tezligi soatiga 151 kilometrga yetgan.

Niderlandiyada mamlakatning katta hududlarida kuchli shamollar oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Germaniyaning ayrim hududlari ham suv toshqini bilan yuzlashmoqda, bu esa yog‘ingarchilik tufayli yanada kuchayishi mumkin. Quyi Saksoniya va Bremenda jala quyyapti. Hokimiyat va aholi to‘fon ko‘lami oshishidan qo‘rqmoqda.

Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qismida ham so‘nggi kunlarda davom etayotgan jala tufayli daryolar qirg‘oqlaridan toshib ketgan. Bretan mintaqasida ob-havoning keskin o‘zgarishi sababli qizil ogohlantirish darajasi e’lon qilindi. 12 ming aholiga ega Kemperle shahri suv toshqiniga tayyorlanmoqda. Loft daryosi bo‘ylab qirg‘oqlarni suv bosishi xavfi mavjud.

Sinoptiklar “favqulodda kuchli yog‘ingarchilik”ni bashorat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Britaniya Niderlandiya Irlandiya “Henk” bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing