Yevropada JCH saralashining to‘purarlari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn va Gollandiya terma jamoasi hujumchisi Memfis Depay JCH-2022 saralash bosqichi guruh bahslarining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Har ikki futbolchi raqiblar darvozalariga 12 martadan to‘p kiritgan.

Keyn Angliya terma jamoasi safida sakkizta o‘yin o‘tkazdi va San-Marino (4 gol), Albaniya (4), Polsha (2), Andorra (1) va Vengriya (1) darvozalarini ishg‘ol etdi.

Depay esa o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, Chernogoriya (4 gol), Gibraltar (4), Turkiya (3) va Norvegiya (1) posbonlarini ojiz qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Xarri Keyn 2021 yilda terma jamoa safida kiritgan gollari sonini 16 taga yetkazib olgan edi. “Daily Mail” nashri xabariga ko‘ra, Keyn Angliya terma jamoasi safida bir kalendar yilida eng ko‘p gol urish bo‘yicha tarixiy natijaga erishgan. Bunga qadar ushbu rekord 1908 yilda raqiblar darvozasiga 12 marta to‘p kiritgan Jorj Xilsdon va Din Dixiga (1927 y) tegishli edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Xarri Keyn FIFA Memfis Depay

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing