Yevropada mavsum ramziy jamoasi e’lon qilindi. Ronaldu unda yo‘q
Sport
−
01 iyun 2021 5430 2 daqiqa
Angliyaning mashhur "Goal.com" nashri o‘z talqiniga ko‘ra 2020-2021 yilgi mavsumidagi Yevropaning ramziy jamoasini e’lon qildi.
Darvozabon: Yan Oblak. “Atletiko Madrid” safida La Liga chempionligi hamda “Oltin qo‘lqop”i sohibi. U ligadagi 38 o‘yinning barchasida maydonga tushgan. O‘tkazilgan gollar soni 25 ta, quruq o‘yinlar 18 ta. Jami 103 ta seyv amalga oshirgan, 2 ta penalti qaytargan.
Chap qanot himoyachisi: Robin Gosens. “Atalanta” safida A Seriya bronza medallari sohibi. 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Markaziy himoyachi: Ruben Diash. “Manchester Siti” safida APL hamda Angliya Liga kubogi g‘olibi, APLda “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi”. 32 ta o‘yindan 15 tasini quruq o‘tkazgan hamda 1 ta gol urgan.
Markaziy himoyachi: Sven Botman. “Lill” safida Fransiya chempioni. Mavsum davomida 20 ta quruq o‘yin o‘tkazgan.
Chap kanot himoyachisi: Ashraf Hakimi. “Inter” safida A Seriya chempioni. 17 ta quruq o‘yin o‘tkazgan, 7 gol hamda 10 assist amalga oshirgan.
Yarim himoyachi: Joshua Kimmix. “Bavariya” safida Bundesliga chempionligi hamda Germaniyada “Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi” sovriniga ega chiqqan. 10 ta assist amalga oshirgan.
Yarim himoyachi: Ngolo Kante. “Chelsi” safida Yevropa Chempionlar Ligasi chempioni. YeCHLda “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi”.
Chap qanot hujumchisi: Kilian Mbappe. PSJ safida Fransiya chempionati kumush medali sohibi, barcha musobaqalarda 47 o‘yinda 42 ta gol muallifi.
O‘ng qanot hujuchisi: Lionel Messi. “Barselona” safida Ispaniyada “Qirol Kubogi” hamda La Liga bronza medallari sohibi. Ispaniyada mavsum to‘purari. 30 ta gol hamda 9 ta assist amalga oshirgan.
Markaziy hujumchi: Robert Levandovski. “Bavariya” safida Bundesliga chempioni. 33 ta o‘yinda 41 ta gol (+7 ta golli uzatma) bilan Bundesliga to‘purari. Bir mavsumda ko‘p gol urish bo‘yicha Gerd Myullerning rekordini yangiladi.
Markaziy hujumchi: Romelu Lukaku. “Inter” safida A Seriya Chempioni. 24 ta gol hamda 11 ta assist amalga oshirgan.
Abdulla Mannonov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025