Yevropada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan biri qo‘lga olindi
Olam
−
16 Sentabr
6035Ispaniya milliy politsiyasi Madridda giyohvand moddalar savdosida ayblangan Yevropadagi eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan birini qo‘lga oldi. Bu haqda qirollik Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Milliy politsiya xodimlari Madridda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani uchun Yevropada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan birini qo‘lga oldi, qochqin boshqa oila a’zolari va yaqin sheriklari bilan birgalikda alban-kosova jinoiy tashkilotini boshqargan”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, kelib chiqishi alban bo‘lgan belgiyalik erkak giyohvand moddalar savdosi, jinoiy tashkilotda ishtirok etish va hujjatlarni qalbakilashtirishda 13 ta ayblov bo‘yicha 29 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilingan.
U jinoyatlarni 2014 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda sodir etgan. Xususan, Belgiyada nasha yetishtirish va sotish bilan shug‘ullanadigan jinoiy tashkilotga rahbarlik qilgan. U noqonuniy faoliyat ortidan 4 million yevrodan ko‘proq pul topganligi taxmin qilinmoqda.
LiveBarchasi