Yevropada eng kam gol o‘tkazib yuborgan klub ma’lum bo‘ldi

Sport

image

2019/20 yilgi mavsumdan buyon Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatda 129 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu haqda “Marca" xabar berdi.

“Qirollik klubi”ning himoyasi Yevropa chempionatlaridagi klublar orasida eng yaxshi natijani qayd etib turibdi. O‘tgan to‘rt mavsumda “Real” 167 uchrashuvda 129 ta gol o‘tkazib yubordi. Shunday qilib, jamoa har bir uchrashuvda o‘rtacha 0,77 gol qo‘yib yuborgan. 2-o‘rindan 155 uchrashuvda 139 ta gol o‘tkazib yuborgan PSJ joy oldi – 0,89. “Atletiko” 166 o‘yinda o‘tkazib yuborilgan 141 gol bilan 3-o‘rinni band etdi – 0,84.

Joriy mavsumga kelsak, “Real” 15 o‘yinda 9 ta gol o‘tkazib yubordi, bu klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Zinedin Zidan qo‘l ostidagi jamoa 2019/20 yilgi mavsumda darvozasidan 15 o‘yinda 11 ta gol qo‘yib yuborgan va bu bugunga qadar jamoaning eng yaxshi natijasi bo‘lib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” kelgusi yil yozgi transfer oynasida PSJ a’zosi Killian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi xabar qilingandi. 

2024 yil 1 yanvarigacha fransiyalik futbolchi PSJ bilan shartnomasini uzaytirmasa, “Real” Mbappe transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi va unga bir qarorga kelish uchun 15 kun muhlat beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ Atletiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing