Yevropa Yaqin Sharqdagi mojaroda “halol vositachi” rolini o‘ynamoqchi
Olam
−
27 noyabr 2023
3483Yevropa Ittifoqi Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilishda “halol vositachi” rolini o‘ynashga intiladi va arab davlatlarining kelishuvda ko‘proq ishtirok etishini yoqlaydi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar xizmati vakili Piter Stano Yevrokomissiya matbuot xizmati tomonidan efirga uzatilgan brifingda ma’lum qildi.
"Yevropa Ittifoqi xalqaro maydondagi mavjud ziddiyatni hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarda faol ishtirok etmoqda. Yevropa Ittifoqining pozitsiyasi "halol vositachi " sifatida harakat qilishdir va biz buni amalga oshirishga urinyapmiz", dedi u.
Stanoning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning Yaqin Sharqdagi vaziyatga munosabati hamjamiyat hujjatlarida qayd etilgan va “o‘zgarmagan”.
"Agar biz ishlarni tinchlik va barqarorlik sari olg‘a siljitmoqchi bo‘lsak, muzokaralardagi asosiy tamoyil bu yechim arab davlatlari va YeIning ko‘proq ishtirokini talab qilishi kerak", deydi YeI Tashqi siyosati vakili.
Uning aniqlik kiritishicha, “ikki tomonlama munosabatlardagi har qanday muammolar va kelishmovchiliklar” mojaroni Isroil va Falastin manfaatlari yo‘lida hal qilinishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel G‘arbni “siyosiy miyopiya”ga chek qo‘yishga va Yaqin Sharq mojarosini ikki davlat asosida hal qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishga chaqirgan.
LiveBarchasi