Yevropa Ukrainaga yashirincha qo‘shin yubormoqchi – OAV

Olam

image

Yevropaning bir qancha davlatlari Rossiya bilan “kelajakda tinchlik kelishuvini ta’minlashga ko‘maklashish” uchun Ukrainaga qo‘shin yuborish rejasi ustida yashirincha ishlamoqda. Bu haqda “ Associated Press ” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Yevropaliklar bu variantni taxminan bir yil avval ko‘rib chiqishni boshlagan. Qayd etilishicha, muhokamalarda eng faol Britaniya va Fransiya sanaladi. Nashrning yozishicha, reja tafsilotlari noma’lumligicha qolgan.

“AQSH xavfsizligining ustuvor yo‘nalishlari boshqa joylarda ekanligidan tobora xavotirga tushgan Yevropa davlatlari guruhi Ukrainaga qo‘shin kiritish rejasi ustida yashirincha ishlamoqda”, deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, Yevropa kontingenti hajmi tinchlik shartnomasi shartlariga bog‘liq. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kamida 100-150 ming harbiy xizmatchi bo‘lishini ta’kidlagan. Ommaviy axborot vositalari 30-40 mingga yaqin askarni taxmin qilmoqda, ammo Yevropa rasmiylari bu raqamlarni tasdiqlamagan. Nashrning fikricha, Yevropa Ittifoqi “keng ko‘lamli kuchlarni to‘plashda qiynaladi va ular buni tezda uddalay olmaydi”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Wall Street Journal” AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vensga tayanib, Rossiya mojaroni hal qilishdan bosh tortsa, AQSH Ukrainaga Amerika qo‘shinlarini yuborishi mumkinligi haqida gapirgandi. Ammo oradan biroz vaqt o‘tib Vens nashr uning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilgani haqida gapirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing