Yevropa uchun baxtli voqea – Shtaynmayer Trampning mag‘lubiyatini olqishladi
Olam
−
03 dekabr 2020
4462Germaniya Federativ Respublikasining federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer AQSHda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari natijalariga izoh berdi.
U Amerika saylovlari kunini “Yevropa uchun baxtli voqea” bo‘lganini aytgan.
Shtaynmayerga ko‘ra, AQSHdagi saylov natijalari Amerikaning amaldagi Prezidenti Donald Tramp sharofati bilan boshlangan xalqaro tashkilotlarning zaiflashishi, shuningdek, “ko‘p qirrali eroziyani” to‘xtatadi.
“Biz yana amerikaliklar bilan bizni ikkiga ajratadigan nizolarsiz gaplasha olamiz. Boshimizdan o‘tganlarini inobatga olsak, bu juda katta narsa”, deya ta’kidlagan Shtaynmayer.
Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSH va BMT o‘rtasidagi yaqin hamkorlik muhimligini ta’kidlagandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 noyabr kuni AQSHda prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Asosiy nomzodlar demokrat Jo Bayden va respublikachi Donald Tramp bo‘ldi. Saylov natijasi rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, natijalar demokrat Jo Baydenning g‘alabasini ko‘rsatmoqda.
LiveBarchasi