“Yevropa sun’iylikdan charchadi”. Londonda tabiiy go‘zallik tanlovi o‘tkazildi 

Bu qiziq

image

Angliyada bo‘yoqlarsiz va plastik jarrohlik amaliyotlaridan xoli go‘zallik tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.

“Yalang‘och go‘zallik” ko‘rik-tanlovida hech qanday kosmetik vosita, sun’iy jilo yoki tibbiy amaliyotlar ishlatilmasligi sharti mavjud.

Ilk bor o‘tkazilgan tanlovda 26 yoshli Natasha Beresford “London go‘zali 2023” tojini kiydi.

“Shikoba Bride” brendining to‘y liboslarida sahnaga chiqqan hamshira orzusidagi unvon uchun 18 nafar raqibasini mag‘lub etgan.

“Yevropa sun’iylikdan charchadi. Men hech qanday bo‘yanish vositalarisiz London go‘zali sifatida tanlanganimdan juda xursandman”, degan u “Daily Mail” nashriga bergan intervyusida. 

Tashkilotchilarning rasmiy saytida keltirilishicha, hakamlar yaltiroq ko‘zoynaklar, konturlangan yonoq suyaklari yoki shishirilgan lablar bilan ko‘zni qamashtirish o‘rniga, “tanlov ishtirokchilarining kasbi va o‘qishi, shuningdek, ularning tabiiy go‘zalligi va axloqiy qadriyatlari”ga e’tibor qaratgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

London tabiiy go'zallik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing