Yevropa Rossiya rahbarlarini sud qilmoqchi

Olam

image

Ukrainaga qarshi tajovuzga yordam bergan ko‘plab rahbarlar umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi. Bu haqda kecha, 9 may kuni Ukrainaning Lvov shahrida Yevropa vazirlari tomonidan imzolanagan Ukrainaga qarshi jinoyat bo‘yicha maxsus tribunal tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiyada so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu ta’qiblarning katta qismi Rossiya rahbarlariga qaratilgan. Yevropa Ittifoqning 27 a’zo davlatidan 20 tasi Rossiyaning siyosiy va harbiy rahbariyatini javobgarlikka tortish uchun maxsus xalqaro tribunal tashkil etilishi g‘oyasini ma’qullagan.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tribunal 20–30 nafar yuqori martabali shaxsni javobgarlikka tortishni nazarda tutadi. Sud jarayonlari yuzma-yuz yoki sirtdan bo‘lib o‘tadi.

“Bugun biz Ukrainaga qarshi tajovuzda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun maxsus sud tuzishga kelishib, adolat yo‘lida qat’iy qadam qo‘ymoqdamiz”, degan Kallas.

Shuningdek, Kallas bu tashabbusga nafaqat Yevropa va hatto AQSH ham qo‘shilganini aytgan.

“AQSH 2,5 yil davomida ushbu sudning yaratilishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Ular bu tashabbus va asosiy guruhning bir qismi edi. Buning uchun ulardan juda minnatdormiz. Hozircha ular sud ishida ishtirok etishmayapti, lekin ertami-kechmi ular sudga qo‘shilishadi”, degan Yevropa vakili.

Siyosatchining aytishicha, tergov allaqachon olib borilmoqda.

“Tergov davom etmoqda. Men bu yerda ikkita tarkibiy qism borligini ta’kidlamoqchiman. Biri – hujjatlashtirilgan harbiy jinoyatlar, ikkinchisi – tajovuzkorlik jinoyati. Biz bu masala bo‘yicha maxsus sud haqida gapiryapmiz. tajovuzkorlik jinoyati rahbarlikka tegishlidir”, deya qo‘shimcha qilgan Kallas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya hukumati Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga bosimni kuchaytirish va Yevropa hamda Britaniyaning hayotiy muhim infratuzilmasini himoya qilishga qaratilgan tarixdagi “eng keng ko‘lamli” sanksiyalar paketini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ukraina Kaya Kallas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing