Yevropa Rossiya bilan urush yo‘lini tanladi – Lavrov

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa Rossiya bilan urush yo‘lini tanlaganini aytdi. Bu haqda u bugun, 6 iyun kuni Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasiga tashrifi chog‘ida gapirib o‘tdi.

“Tashqi siyosatimiz konsepsiyasida aytilishicha, Yevropa biz bilan urush yo‘lini tanlagan. Biz, albatta, ular bilan yonma-yon yashaymiz, ammo bu urush bo‘lsa, biz o‘z maqsadlarimizga erishishimiz kerak”, deydi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning maqsadlari yevropaliklarga nisbatan ancha “oliyjanobroqdir”.

“Ular birovnikini xohlaydi, biz esa o‘zimiznikini xohlaymiz. Rossiya imperiyasi davridan buyon mamlakatimizga qo‘shilganlarning barchasi “o‘z ixtiyori” bilan qo‘shilgan”, deydi Lavrov.

Ma’lumot uchun, Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasi mart oyida e’lon qilingan edi. Hujjatda ta’kidlanishicha, mamlakat o‘zini G‘arbning dushmani deb hisoblamaydi, undan ajralib turmaydi va unga nisbatan dushmanlik niyatlari yo‘q. Rossiyaning boshqa davlatlar va davlatlararo birlashmalarga munosabati ularning Rossiya Federatsiyasiga nisbatan siyosatining konstruktiv, neytral yoki do‘stona emasligi bilan belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning g‘arbiy qismida yangi havo armiyasi tuzilishi, uning maqsadi NATO davlatlaridan himoyalanish bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Charos Yunusaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Evropa Lavrov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing