Yevropa ofat ichida: suv toshqinlari tugamay tornadolar boshlandi (video)
Olam
−
22 iyul 2021 8420 1 daqiqa
Bugun, 22 iyul kuni ertalab Qora dengiz qirg‘oqlarida kuchli tornado sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tornado Qora dengizning Sochidagi qismida sodir bo‘lgan. Biroq dengizda hosil bo‘lgan tornado tez orada tugagan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hodisaga dam oluvchilar va mahalliy aholi guvoh bo‘lgan. Xuddi shunday holat, Ukrainaning Kirillovka azov qirg‘oqlarida kuzatilgan.
Avvalroq, rossiyaliklar iyul oyida Sochining Kuban kurortida yomon ob-havo kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgandi. Joriy yilning 22-23 iyul kunlari esa kurort hududlarida jala yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shuningdek, do‘l yog‘ishi kutilmoqda. Mahalliy aholi va turistlar ham tornado xavfi haqida ogohlantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, kuchli yomg‘irlar natijasida suv toshqinlari va sellar vujudga kelmoqda. Shunday tabiiy ofatlar Yevropaning bir qator davlatlari, jumladan Rossiya, Germaniya, Italiya va Avstriya hududlarida kuzatilgan. Qayd etish kerakki, suv toshqinlari, ayniqsa, Germaniyani ancha qiyin ahvolga solib qo‘ydi: 4-5 milliard yevro moddiy zarar, 175 dan ortiq qurbon.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025