Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha vakili Qozog‘istonga kelyapti

Olam

image

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha xalqaro maxsus vakili Devid O’Sallivan yana Qozog‘istonga kelyapti. Bu haqda YeIning respublikadagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

“18 iyun kuni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha xalqaro maxsus elchisi Devid O’Sallivan Qozog‘istonga tashrifi doirasida mamlakat rasmiylari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Yevropa Komissiyasi Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan buyon qo‘llagan misli ko‘rilmagan cheklovchi choralarni aylanib o‘tmaslik uchun Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha xalqaro maxsus vakili lavozimini ta’sis etgandi.

Komissiyaning sobiq bosh kotibi va YeIning yuqori martabali diplomati Devid O’Sallivan 2022 yil yanvaridan Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.

“Devid O’Sallivan boy tajribaga ega va Yevropa davlat xizmatida o‘ttiz yildan ko‘proq faoliyat olib borgan hamda Ittifoqning AQSHdagi elchisi sifatida yakuniga yetgan besh yil mobaynida yuksak martabaga ega”, deyiladi bayonotda.

O’Sallivan 2023 yilning aprel-noyabr oylarida Qozog‘istonga ikki bor tashrif buyurgandi. O‘sha yili Markaziy Osiyoga ikkinchi marotaba safari chog‘ida 29-30 noyabr kunlari Toshkentga ham kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi Devid O’Sallivan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing