Yevropa Ittifoqi yil oxirigacha 40 ming ukrainalik askarni tayyorlaydi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari 40 ming ukrainalik askarni tayyorlash bo‘yicha tashabbusni ma’qulladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Ispaniyaning Toledo shahrida Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng ma’lum qildi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, joriy maqsad Ukraina Qurolli kuchlarining 30 ming askarini tayyorlash. Bu oktyabr oyi oxirida amalga oshiriladi. Ukraina Qurolli kuchlari uchun instruktorlar missiyasini yaratish to‘g‘risidagi qaror Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari tomonidan 2022 yil noyabrida qabul qilingan.

Dastlab Germaniya, Polsha va boshqa qator Yevropa davlatlarida 15 ming nafargacha ukrainalik askarni tayyorlash rejalashtirilgan edi. Keyinchalik bu hisob 30 ming askarga ko‘tarildi.

Yevropa Ittifoqi uning hissasi Ukraina qo‘shinlariga urushda o‘zini samaraliroq himoya qilish imkonini beradi, deb kutmoqda. 

Bundesver Ukraina askarlariga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi, Panzerhaubitze 2000 artilleriya moslamasi, Marder zirhli mashinasi va Leopard-1 va Leopard-2 tanklarini boshqarishga o‘rgatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi missiyasida o‘rtacha 1500 nafar nemis askari qatnashgan. Ular instruktor, tarjimon va yetkazib beruvchi sifatida jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina askar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing