Yevropa Ittifoqi TikTok’ni jarimaga tortadi

Olam

image

TikTok Yevropa Ittifoqi ma’lumotlarini himoya qilish regulyatori tomonidan chiqarilgan qarorga ko‘ra,  bolalar haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini buzgani uchun millionlab funt jarimaga tortiladi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Gap shundaki, 2021 yilda Ittifoqning Irlandiyadagi shtab-kvartirasi ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha komissari tomonidan tergov ishi ochilgan. Unda TikTok`ning Yevropa Ittifoqi umumiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalariga muvofiqlik darajasi va 13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ma’lumotlarini qanday boshqarishi o‘rganilgan. Keyinchalik platforma ushbu tergov qarori yuzasidan qonuniy e’tiroz bildirdi va bunga javoban Ittifoq regulyatori nizolarni hal qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, TikTok belgilangan jarimani  4 hafta ichida to‘lab beradi.

Shuningdek, TikTok kecha, 4 avgust kuni yevropalik foydalanuvchilar uchun bo‘yicha Yevropa Ittifoqining yangi qoidalariga rioya qilishga qaratilgan bir qator yangi xususiyatlarni e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra ushbu yangilanishlar 25 avgustdan kuchga kiradi. 

“Biz nafaqat tartibga solish majburiyatlarini bajarishda davom etamiz, balki innovatsion yechimlar orqali yangi standartlarni o‘rnatishga intilamiz”, dedi kompaniya vakili.

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqining raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi Qonuniga ko‘ra, TikTok, Google, Facebook va boshqa yirik onlayn platformalardan noqonuniy kontentni cheklash, ba’zi reklama amaliyotlarini taqiqlash va rasmiylar bilan ma’lumot almashishi talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda TikTok ijtimoiy tarmog‘i o‘z joniga qasd qilish yoki o‘ziga zarar yetkazish bilan bog‘liq kontentlarni cheklagan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi bolalar jarima TikTok maxfiylik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing