Yevropa Ittifoqi TikTok’ga 368 million dollar jarima soldi 

Olam

image

Yevropa Ittifoqi TikTok kompaniyasini 368 million dollar jarimaga tortdi. Bu haqda "Euronews" xabar berdi

Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqda bolalarning shaxsiy hayoti Yevropa qoidalariga muvofiq himoyalanmagan.

Juma kuni Yevropa Ittifoqi TikTok ijtimoiy tarmog‘iga nisbatan voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan ishlashda Bryusselning ma’lumotlarni himoya qilish qoidalarini (GDPR) buzgani uchun 345 million yevro (368 million dollar) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Bosh qarorgohi Dublinda joylashgan va Yevropa Ittifoqi nomidan ish ko‘ruvchi Irlandiya ma’lumotlarini himoya qilish komissiyasi ijtimoiy media gigantiga uch oy ichida talablarga rioya qilishni buyurdi.

Jarima 2020 yilning iyul-dekabr oylari orasida sodir bo‘lgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ikki yillik tekshiruvdan so‘ng to‘lanadi.

“Ilova yoshlar orasida juda mashhur bo‘lib, bolalarning akkauntlari barchaga ochiq bo‘ladigan tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan”, deyiladi Irlandiya rasmiylarining xulosasida.

TikTok voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilmagani uchun birinchi marta jazolanayotgani yo‘q. Ijtimoiy tarmoq AQSH tomonidan 2019 yilda taxminan 5 million dollar, Gollandiyada esa 2021 yilda 750 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan. O‘tgan aprel oyida Buyuk Britaniya shunga o‘xshash qonunbuzarliklar uchun taxminan 15 million yevro jarima solgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TikTok Yevropa Ittifoqi ma’lumotlarini himoya qilish regulyatori tomonidan chiqarilgan qarorga ko‘ra,  bolalar haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini buzgani uchun millionlab funt jarimaga tortilishi mumkinligi haqida yozgandik.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Ittifoqi jarima Ijtimoiy tarmoq TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing