Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytiradi
Olam
−
17 iyul
2624Yevropa Ittifoqi mamlakatlari doimiy vakillari qo‘mitasi Rossiyaga qarshi 2014 yilda joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda YeIdagi diplomatik manbaga tayanib, TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, sanksiyalar 2025 yil yanvar oyi oxirigacha amal qiladi. Rossiyaga qarshi cheklovlarni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror 22 iyul kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida rasman tasdiqlanadi.
G‘arb Ukraina tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. 2022 yil fevral oyida Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan beri YeI Rossiyaga qarshi 14 ta sanksiya paketini joriy qilgan.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi