Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 17-sanksiya paketini tayyorlamoqda – Kallas

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaro tufayli Rossiyaga qarshi 17-sanksiya paketini tayyorlamoqda va may oyida bu borada kelishib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bugun, 14 aprel kuni YeI kengashining Lyuksemburgdagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“May oyida Yevropa Ittifoqi Kengashi kun tartibiga qo‘yish uchun soya floti va boshqa elementlarni o‘z ichiga olgan 17-sanksiya paketi ustida ishlayotganimiz aniq”, dedi u.

Jurnalistlarning yangi sanksiyalar paketi Rossiyadan suyultirilgan gaz yetkazib berishni taqiqlashni o‘z ichiga oladimi, degan savoliga Kallas shunday javob berdi:

“Hozir munozaralar davom etmoqda, biroq bilasizki, sanksiyalar qo‘llash uchun barcha 27 davlatning roziligi talab qilinadi. Lekin mening fikrimcha, mumkin bo‘lgan eng kuchli sanksiyalar paketini joriy qilish kerak”.

Ma’lumot uchun, Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning oxirgi, 16-paketi Yevropa Ittifoqi tomonidan 2025 yil 24 fevralda kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi sanktsiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing