Yevropa Ittifoqi Rossiyaga energiya qaramligidan to‘liq qutuldi – Borrel

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga energiya qaramligidan to‘liq qutulishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel “Diario” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz narxlar oshishining o‘ta keskin bosqichidan o‘tdik, narxlar urushdan oldingi holatga qaytdi. Bir megavatt-soat gaz narxi urushdan oldingi darajaga qaytdi”, deydi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari.

Uning fikricha, energetika bozoridagi keskinlikni endi Ukrainadagi voqealar bilan bog‘lash kerak emas.

“Bu energetika sohasidagi tarkibiy muammo, xususan, gaz va elektr energiyasi narxlari o‘rtasidagi bog‘liqlikdir”, deydi Borrel.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya Moliya vaziri Kristian Lindner mamlakat Rossiya energiya ta’minoti importiga qaram bo‘lishni to‘xtatganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi energiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing