Yevropa Ittifoqi Putinning yadroviy tahdidlarini qoraladi
Olam
−
26 Sentabr
4987Yevropa Ittifoqi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yadroviy doktrinani o‘zgartirish haqidagi bayonotini “o‘ta mas’uliyatsiz va qabul qilib bo‘lmaydigan xatti-harakatlarining davomi” deb atadi. Bu haqda bugun, 26 sentyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda YeI tashqi siyosati vakili Piter Stano ma’lum qildi.
“Bu Putinning yadroviy arsenal bilan birinchi marta qimor o‘ynashi emas”, deydi Bryussel vakili.
Stano Yevropa Ittifoqi bu tahdidni qat’iyan rad etishini va uning pozitsiyasi o‘zgarmasligini ta’kidladi.
“Biz xalqaro hamjamiyatdagi boshqa hamkorlarga ham BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan davlat vakili tomonidan ko‘rilayotgan beparvolik va mas’uliyatsiz xatti-harakatlarni ko‘rsatib, ushbu pozitsiyani yetkazishga harakat qilmoqdamiz”, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 sentyabr kuni Rossiya Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Putin yadro qurolidan foydalanish tamoyillarini o‘zgartirishni va yadroviy to‘siq sohasidagi davlat siyosati asoslarini yangilashni taklif qilgandi.
LiveBarchasi