Yevropa Ittifoqi Orbanni jazolamoqchi
Olam
−
15 iyul 2024 12979 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni qanday jazolash kerakligini aniqlashga harakat qilmoqda. Bryusselga uning Ukraina masalasidagi faolligi, ayniqsa yaqinda Moskvaga qilgan safari yoqmadi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel Orbanni izolyatsiyaga jo‘natishga qaror qilgan. Borrel Budapeshtdagi YeI Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishiga borishdan bosh tortgan va Orbanni ishtirokisiz o‘zining alohida sammitini tashkil qilgan.
“Politico” nashriga ko‘ra, YeI Orbanga boykot e’lon qilish orqali Vengriya ittifoq nomidan gapirmasligi haqida aniq signal berishga umid qilmoqda. Bryussel Orbanning Ukraina mojarosiga yechim izlash uchun Moskvaga, shuningdek, Pekinga safaridan juda g‘azablangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvlari haqida Yevropa Ittifoqi hamda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishelga maktub yo‘llagandi.
Azizbek Eshmamatov
Live
Barchasi