Yevropa Ittifoqi Mirziyoyev qarorini olqishladi
Jamiyat
−
15 avgust 2019 5761 1 daqiqa
Xabaringiz bor, shu yilning 2 avgsut kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekkandi.
Yevroittifoq mazkur qarorni olqishlab, buni qamoqxonalarda boshqaruvni yaxshilash sari tashlangan qadam deb atadi.
“YeI BMTning qiynoq va jazoning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni toptovchi turlariga qarshi Konvensiyasi fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish asosida jazoni ijro etish muassasalari tizimida islohotlarning amalga oshirilishi hamda eng yaxshi xalqaro tajribalarga muvofiq ravishda ombudsmanning Milliy preventiv mexanizmi funksiyasini bajarish bo‘yicha vakolatlari kengaytirilishini kutmoqda”, — deyiladi Yevroittifoq bayonotida.
Yevropa Ittifoqining ta’kidlashicha, chet ellik, qolaversa, ichki iqtisodiy operatorlarning ro‘yobga chiqarilayotgan islohotlarga ishonchi hamda ularning O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga tayyorligi qonun ustuvorligi va inson huquqlariga rioya etilishi sohasidagi doimiy yuksalishga bog‘liq.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr