Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Belarus rahbariyati va biznesining 88 vakili, jumladan Prezident Aleksandr Lukashenko va yettita kompaniyaga qarshi sanksiyalarni 12 oyga uzaytirdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi.

“Yevropa Ittifoqi Kengashi bugun Belarusning yuqori martabali Hukumat amaldorlariga qarshi zo‘ravonlik bilan repressiya qilish va tinch namoyishchilar, muxolifat a’zolari va jurnalistlarni, shuningdek saylovlarni buzishda aybdor shaxslarni qo‘rqitgani sabab taqiqlov choralarini 2022 yil 28 fevralga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, deyiladi axborotda.

Hozirda Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi uchta blok sanksiyasini joriy qildi – 2020 yil oktyabr, noyabr va dekabr oylarida jami 88 kishi va 7 kompaniya qora ro‘yxatga kiritilgan. Jismoniy shaxslarning Yevropa Ittifoqiga kirishi va Yevropa Ittifoqining bank tizimiga kirishi taqiqlanadi, Yevropa korxonalariga ro‘yxatga kiritilgan yuridik shaxslar bilan hech qanday hamkorlik qilish mumkin emas, bundan oldin tuzilgan shartnomalarni bajarish bundan mustasno.

Joriy yilning 22 fevral kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi Kengashining Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi yig‘ilishida Belarusga qarshi to‘rtinchi sanksiyalar paketini ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatdagi muxolifat kuchlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing