Yevropa Ittifoqi AQSHdan Ukrainani moliyalashtirishni so‘raydi
Olam
−
02 Oktabr 2023
4099Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari Jozep Borrel Bryussel Vashingtondan Ukrainani moliyalashtirishni davom ettirishni so‘rashini aytdi. Bu haqda u Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining Kiyevdagi yig‘ilishida so‘z ochgan.
"Biz sizni [Ukrainani] qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz kerak va amerikalik ittifoqchilarimiz hamda do‘stlarimiz bilan ular ham sizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini muhokama qilyapmiz. Ishonchim komilki, bu qaror qayta ko‘rib chiqiladi va biz hammamiz siz tomonda bo‘lamiz", degan Borrel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mojarosi yevropaliklar uchun “ekzistensial tahdid”dir.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 oktyabr kuni AQSH Kongressi federal hukumat yopilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Ukrainaga yordam ko‘rsatishni nazarda tutmaydigan 45 kunlik (17 noyabrgacha) byudjet loyihasini qabul qilgan edi. Oq uy va Kongressdagi demokratlar Kiyevga ko‘makni to‘xtatishni xohlamasa-da, respublikachilar bunga to‘sqinlik qilgan.
LiveBarchasi