Yevropa diplomatiyasi rahbari O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Bugun, 27 mart kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili va Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti (OV/VP) Kaya Kallas Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan va bu yil Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston ishtirok etadigan 20 – Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo vazirlar uchrashuviga raislik qiladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqandda 2025 yil 3-4 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan tarixdagi ilk Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo sammitiga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari, muhokama qilinadigan qator muhim masalalar orasida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, mintaqaga ta’siri, transport va raqamli o‘zaro bog‘liqlik, juda ham muhim bo‘lgan xomashyo, energetika va suv resurslari, savdo, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, ta’lim va tadqiqotlar kabi mavzular ko‘tariladi.

Uchrashuvdan oldin Kallas Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedov bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Vazirlar uchrashuvidan so‘ng 27 mart kuni taxminan soat 14:45 da Kaya Kallas ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Shundan so‘ng u Toshkentga kelib, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Keyin esa Kaya Kallas Qozog‘istondagi Olmaotaga yo‘l oladi va u yerda ertaga, 28 mart kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan uchrashadi. Shuningdek, uning Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan ikki tomonlama uchrashuvi ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Evropa diplomatiyasi rahbari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing