Yevropa chempioni Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi
Sport
−
16:20 544 1 daqiqa
Niderlandiyalik mutaxassis, 1988 yilgi Yevropa chempioni Jon van’t Sxip Qozog‘iston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston futbol federatsiyasi (QFF) rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 62 yoshli mutaxassisning tayinlovi QFF Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin rasman kuchga kiradi. Yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishdan so‘ng u bilan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Jon van’t Sxip futbolchilik faoliyati davomida “Ayaks” va “Jenoa” klublari safida to‘p surgan. Shuningdek, u Niderlandiya milliy terma jamoasi bilan 1988 yilgi Yevropa chempionati g‘olibiga aylangan.
Murabbiylik faoliyati davomida van’t Sxip “Tvente”, “Ayaks”, “Melburn Hart”, “Gvadalaxara”, “Melburn Siti” klublari, shuningdek, Gretsiya va Armaniston milliy terma jamoalarini boshqargan. U Armaniston terma jamoasini 2025 yil avgustida tark etgan.
Qozog‘iston terma jamoasida u 2025 yil sentyabridan buyon bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Talg‘at Baysufinov o‘rnini egallaydi.
Live
Barchasi