Yevropa chempionatidan Germaniya qancha foyda ko‘rishi aniq bo‘ldi

Sport

image

2024 yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati Germaniya g‘aznasiga 1 milliard dollar daromad keltirishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra,  daromadning asosiy qismi mamlakatga keladigan sayyohlar oqimi bilan bog‘liq.

Yevropa chempionatining ochilish o‘yinida “A” guruhi ishtirokchilari – Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari to‘qnash keladi. Yevro-2024ning ochilish o‘yini 14 iyun kuni Myunxendagi “Alyans Arena”da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boshlanadi.

Yevro-2024ning final bosqichiga Germaniyaning 10 ta shahridagi 10 ta stadion mezbonlik qiladi. Qit’a chempionati roppa-rosa bir oy – 14 iyulga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, Yevropa chempionatining amaldagi g‘olibi Italiya terma jamoasi hisoblanadi. Italiyaliklar 2020 yilda Angliya poytaxti Londondagi “Uembli” stadionida Angliya terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevro-2024 o‘yinlariga muxlislarning Falastin va Isroil bayroqlarini olib kirishi taqiqlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing