Yevropa hozirdan qishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi
Olam
−
28 mart 2023 9430 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar gaz iste’molini ixtiyoriy ravishda 15 foizga qisqartirishni 12 oyga uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda bugun, 28 mart kuni Yevropa Ittifoqi Kengashining energetika vazirlari darajasidagi bayonotida ma’lum qilindi.
“Yevropa Ittifoqi Kengashi gaz iste’molini ixtiyoriy ravishda 15 foizga qisqartirish to‘g‘risidagi qarorning amal qilish muddatini keyingi 12 oyga, ya’ni 2024 yilning 31 martiga qadar uzaytirishga qaror qildi”, deyiladi hujjatda.
Hamjamiyat gaz zaxirasini kelasi qishga tayyorlash doirasida shunday qadam tashlagan. Yevrokomissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil mart oyi oxirigacha gaz omborlarini to‘ldirish darajasi taxminan 55 foizni tashkil etgan. Bu rekord darajadagi yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, unga erishishga 2022 yilda omborlarga gazni intensiv quyilgani, qish oylarida gaz iste’molini 15% ga kamaytirilgani, shuningdek, qishning issiq kelgani yordam bergan.
Shu munosabat bilan, YeI davlatlari kelgusi qish mavsumiga samarali tayyorgarlik ko‘rish va umuman Yevropada gaz iste’molini kamaytirish uchun ushbu tezlikdan foydalanish niyatida.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025