Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi
Olam
−
07 iyun
3163Yevropa Komissiyasi Ittifoq a’zolariga Ukraina va Moldova bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi. Bu haqda komissiya matbuot kotibi Ana Pizonero Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Pizoneroning so‘zlariga ko‘ra, komissiya ikkala davlat ham talab qilingan qadamlarni bajargan, deb hisoblaydi va a’zo davlatlarga bu haqdagi barcha yangilangan ma’lumotlarni taqdim etgan.
“Bugun kun tartibida Moldova va Ukraina bilan qo‘shilish jarayoni masalasi bor edi. Biz bu masala allaqachon hal bo‘lganini tushunamiz. Va biz haqiqatdan ham buni tasdiqlashimiz mumkin. Endi qaror a’zo davlatlar qo‘lida", deydi u.
Yevrokomissiya fikricha, Kiyev barcha shartlarni, shu jumladan Vengriya tomonidan ilgari surilgan milliy ozchiliklar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq shartlarni ham bajargan.
Avvalroq “Politico” manbalarga tayanib, YeI davlatlari Ukraina va Moldova bilan a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni 25 iyundan boshlash niyatida ekani, chunki Vengriya 1 iyuldan YeI kengashiga raislik qiladi, deb yozgan edi. Manbalarga ko‘ra, Budapesht Ukrainaning qo‘shilishi bo‘yicha qanday siyosat yuritishi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabr oyida Moldova Prezidenti Mayya Sandu fuqarolar respublikaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishi uchun referendum o‘tkazish tashabbusini ilgari surgandi.
LiveBarchasi