Yevro-2024: Turkiya Yevro bilan xayrlashdi, futbol vatani yarim finalga chiqdi

Sport

image

Kecha,6 iyul kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining chorak finali doirasida 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Angliya-Shveysariya bilan Turkiya esa Niderlandiya bilan bahs olib bordi.

Angliya-Shveysariya o‘yinining asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. 75-daqiqada shveysariyaliklardan Brel Emboloning goliga 80-daqiqada inglizlardan Bukayo Saka javob qaytardi. Asosiy daqiqalarda hisob o‘zgarmadi. Ekstra-taymlarda ham jamoalar gol kiritmagach, hakam penaltilar seriyasiga ruxsat berdi va futbol lotoreyalarida omad Angliyaga kulib boqdi.

Chorak finalda Niderlandiya Turkiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Dastlab, 35-daqiqada turklardan Akaydin hisobni ochdi, 70-daqiqada esa “uchar gollandlar”dan De Vrey muvozanatni tikladi. 76-daqiqada Mert Myuldur o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va Turkiya chorak finalda musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.

Shunday qilib, yarim finalning ikkinchi juftligida Angliya va Niderlandiya o‘zaro bahs olib borib, finalchi nomiga aniqlik kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya futbol Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made