Yevro-2024 stadionlariga sayohat: Olimpiya stadioni

Sport

image

Joriy yilning 14 iyunidan 14 iyuliga qadar Germaniyaning 10 ta shahrida Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu musobaqa mamlakatning 2006 yilgi Jahon chempionatidan keyingi ilk katta turnirga mezbonligi hisoblanadi. QALAMPIR.UZ ushbu musobaqaga mezbonlik qiladigan shaharlar va stadionlar haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qiladi. 

Dastlab, musobaqa finali bo‘lib o‘tadigan Olimpiya stadioni va Berlin shahri haqida to‘xtalamiz.

Berlin shahri:

Shahar 1990 yilda Germaniyaning birlashuvidan so‘ng mamlakat poytaxti bo‘ladi. U tarix va madaniyatga boy hisoblanadi. Brandenburg darvozasi, 368 metr balandlikdagi teleminora hamda Berlin devori shaharning eng ko‘p turistlar tashrif buyuradigan joyi bo‘lib kelmoqda.

Stadion tarixi:

Mamlakat poytaxti Berlinda joylashgan ushbu stadion 1936 yil 11-Olimpiya o‘yinlari uchun qurilgan. Olimpiada paytida stadionga 100 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurgan va o‘sha paytdagi rekord ko‘rsatgich bo‘lib tarixda qolgan. Arxitektor Verner Marx tomonidan loyihalangan stadion ikkinchi jahon urushi yillarida o‘q-dorilar, oziq-ovqatlar va vinolarni saqlash joyiga, shuningdek, radioeshittirish maydonchasiga aylantirilgan. 
2004 yildagi qayta ta’mirdan so‘ng stadion butunlay zamonaviy ko‘rinishga keldi. Stadion sig‘imi esa biroz qisqarib, 74475 ming muxlisga mo‘ljallandi. Hozirda o‘yingohda Germaniya milliy terma jamoasi, mamlakatning turli yosh toifasidagi terma jamoalari va shaharning “Gerta” klubi uy o‘yinlarini o‘tkazadi.

Stadionda bo‘lib o‘tgan muhim o‘yinlar:

1974 yilgi Jahon chempionati 
Guruh bosqichi o‘yinlari.

Jahon chempionati 2006. Final.
Fransiya 1:1 Italiya (pen 4:5) 

“Gerta” jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazadigan ushbu stadion 2006 yilgi Jahon chempionati finaliga mezbonlik qilgan. Finalda Fransiya va Italiya terma jamoalari to‘qnashgan. Ushbu final Italiya chempionligi va Zinedin Zidanning Marko Materatssiga “kalla” qo‘ygani bilan yodda qolgan. 

Yevropa Chempionlar ligasi 2014-2015. Final

”Yuventus” 1:3 ”Barselona”

Pep Gvardiola davridan keyin o‘zining dahshatli tarkibi bilan YeCHLni yutgan “Barselona” uchun ushbu sovrin haligacha turnirdagi oxirgisi bo‘lib turibdi.

Yevro-2024. Stadionda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar:

15.06.2024. Ispaniya - Xorvatiya;
21.06.2024. Polsha - Avstriya;
25.06.2024. Niderlandiya - Avstriya;
29.06.2024. 1/8 final- A2 -B2; 
06.07.2024. Chorak final;
17.07.2024. Final.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Berlin Evro-2024 Olimpiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing