Yevro-2024 sovrindorlari qancha pul olishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 14 iyunidan 14 iyuligacha Germaniya mezbonligida bo‘lib o‘tadigan Yevro-2024 turniri sovrindorlari uchun beriladigan pul mukofotlari miqdori ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Yevro-2024 turnirida ishtirok etuvchi har bir jamoa 9,25 million yevro pul oladi. Shuningdek, guruh bosqichidagi har bir g‘alaba uchun bir million, har bir durang uchun 500 ming yevro bonus beriladi. Agar jamoa nimchorak finalga chiqsa 1,5 million yevro, chorak finalda 2,5 million yevro va yarim finalda esa 4 million yevro pul oladi. Turnir tashkilotchilari kumush medal sohiblariga 5 million yevro mukofot puli ajratdi, musobaqa kubogini olish nasib etadigan jamoa esa 8 million yevro sohibi bo‘ladi. Shunday qilib, Yevro-2024 chempioni uyiga umumiy 25-28 million yevrolik bo‘lib qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, “Opta” superkompyuteri musobaqada Angliya terma jamoasini favorit deb hisoblagandi.

Xabibulloh Rayimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing