Yevro-2024'ning yakuniy saralashiga qur’a tashlandi

Sport

image

Bugun, 23 noyabr kuni 2024 yilgi Yevropa chempionatining pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Shveysariyaning Non shahridagi UEFA qarorgohi mezbonlik qildi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Ukraina, Finlyandiya va Islandiya terma jamoalarining yo‘li aniqlandi. “C” yo‘li uchun qur’a yo‘q – barcha juftliklar avvalroq avtomatik ravishda aniqlangan.

Pley-offning yarim final juftliklari quyidagicha:

“A” yo‘li:

Polsha – Estoniya;
Uels - Finlyandiya.

“B” yo‘li:

Isroil - Islandiya;
Bosniya va Gersegovina - Ukraina.

“C” yo‘li:

Gruziya - Lyuksemburg;
Gretsiya - Qozog‘iston.

Uchta pley-off turniri doirasida 21 mart kuni oltita yarim final, 26 martda esa uchta final bahslari o‘tkaziladi. Final bosqichining uchta g‘olibi Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Ukraina Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made