Yevro-2024: Chorak finalning barcha juftliklari aniq bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining nimchorak final o‘yinlari yakunlanib, chorak finalning barcha juftliklari aniq bo‘ldi.

Turnir setkasiga ko‘ra, chorak finalda Ispaniya-Germaniya, Fransiya-Portugaliya, Angliya-Shveysariya va Turkiya-Avstriya bahslari bo‘lib o‘tadi.

Chorak final o‘yinlari 5 iyul kuni start oladi. Mazkur bosqichni Ispaniya-Germaniya o‘rtasidagi uchrashuv boshlab beradi. Chorak final 7 iyul kuni yakunlanadi.

Yarim finalda Ispaniya-Germaniya juftligi g‘olibi Fransiya-Portugaliya to‘qnashuvi g‘olibi bilan bahs olib borsa, Angliya-Shveysariya uchrashuvida yutgan terma jamoa finalga chiqish uchun Turkiya-Avstriya o‘rtasidagi o‘yinda g‘olib bo‘lgan terma bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, yarim final bahslari 10-11 iyul kunlari, final esa 14 iyul kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Portugaliya Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing