Yevro-2024: Chorak finalning 2 ta juftligi aniq bo‘ldi

Sport

image

Germaniya yashil maydonlari mezbonlik qilayotgan Yevropa chempionati bahslari qizg‘in pallaga kirmoqda. Hozirga kelib chorak finalning 2 ta juftligi aniq bo‘lib ulgurdi. 

Nimchorak finalda Daniyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Germaniya, Gruziyani ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratgan Ispaniya bilan yarim final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Katta qiyinchilik bilan Slovakiya to‘sig‘idan o‘tgan futbol vatani bo‘lmish Angliya esa chorak finalda Yevropa chempionatining amaldagi g‘olibi Italiyani ishonchli hisobda mag‘lub etgan Shveysariya bilan to‘qnash keladi. 

Ma’lumot uchun, Germaniya-Ispaniya o‘yini 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start olsa, Angliya-Shveysariya bahsi 6 iyul kuni 21:00 da boshlanadi. Chorak final o‘yinlari 7 iyul kuni yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing