Yevro-2024: Angliya va Ispaniya chorak finalga yo‘l oldi
Sport
−
01 iyul
3686Kecha, 30 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining nimchorak final o‘yinlari davom ettirildi. Chorak finalga chiqish uchun Angliya-Slovakiya va Ispaniya-Gruziya bahslari bo‘lib o‘tdi.
“C” guruhida sensatsiyalarga sabab bo‘lgan Slokaviya futbol vatani vakillarini ham musobaqadan chiqarib yuborishiga bir baxya qoldi. Dastlab 25-daqiqada Slovakiyadan Ivan Shrans hisobni ochdi. 90+5 daqiqagacha bahsda hisob o‘zgarmadi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda “Real” a’zosi Jud Bellingem tomonidan kiritlgan qaychi uslubidagi gol Angliya joniga oro kirdi. Ekstra-taymlarning startida Xarri Keyn tomonidan kiritilgan gol inglizlarga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi.
Yana bir uchrashuvda musobaqa favoritlaridan biri bo‘lmish Ispaniya Gruziya bilan bahs olib borib, 4:1 hisobida zafar quchdi. Dastlab, 18-daqiqada Roben Le Norman o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Keyingi daqiqalarda Ispaniya bosimni kuchaytirib, hisobdagi ustunlikni to‘liq o‘ziniki qilib oldi. 39-daqiqada Rodri, 51-daqiqada Fabian Ruis, 75-daqiqada Niko Uilyams va 83-daqiqada Dani Olmo tomonidan kiritilgan gollar “qizil furiya”ni chorak finalga olib chiqdi.
LiveBarchasi