Yevro-2024: Bugun nimchorak final o‘yinlari boshlanadi

Sport

image

Bugun, 29 iyun kuni futbol bo‘yicha Germaniya yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan Yevropa chempionati bahslarining pley-off o‘yinlari boshlanadi. Kun davomida muxlislar 2 ta o‘yinni tomosha qiladi. 

Mazkur bosqichda “A” guruhida 2-o‘rinni egallagan Shveysariya “B” guruhida 2-o‘rinni band etgan Italiya bilan bahs olib borsa, mezbon Germaniya “C” guruhida 2-o‘rin bilan pley-off bosqichiga chiqqan Daniya bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Shveysariya-Italiya o‘yini Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlansa, Germaniya-Daniya uchrashuvi 23:55 da start oladi. Shveysariya-Italiya juftligi g‘olibi chorak finalda Angliya-Slovakiya bahsida yutgan terma bilan to‘qnash keladi. Germaniya-Daniya bahsi g‘olibi esa keyingi bosqichda Ispaniya-Gruziya qarama-qarshiligida zafar quchgan terma bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Italiya Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing