Yevro-2020 starti arafasida Ispaniya sardori safdan chiqdi

Sport

image

Xabaringiz bor, 4 kundan so‘ng, 11 iyun kuni Yevropa chempionatiga (Yevro-2020) start beriladi. Ayni damda Las-Rozas shahrida turnir oldi yig‘inini o‘tkazayotgan Ispaniya terma jamoasi kutilmagan yo‘qotishga uchradi. Bu haqda “goal.com” sayti xabar bermoqda (https://www.goal.com/en/news/busquets-tests-positive-for-covid-ahead-of-euro-2020/1vkj9t9a86b8a1rmjatbyu2q5f).

Kataloniyaning “Barselona” klubi tayanch yarim himoyachisi Serxio Busketsning koronavirus infeksiyasi uchun topshirgan testida musbat natija qayd etildi. Shu sababdan ispanlar yetakchisi 2 haftalik karantinga olindi.

Bungacha topshirilgan testlarning barchasida manfiy natija qayd etilgani hamda eng so‘nggisi musbat chiqqani sababli, boshqa futbolchilar ham ehtiyot-shart 2 kunlik izolyatsiyaga olindi.

Ispaniya Futbol Assotsiatsiyasi bergan xabarga ko‘ra, Buskets eng kamida 1 ta turni o‘tkazib yuboradi, sababi “qizil furiya”ning Yevro-2020 dagi yurishi 8 kundan so‘ng boshlanadi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ispaniya Evro-2020

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing