Yevro-2020: Ispaniya termasiga “Real” o‘yinchilari kiritilmadi. Nega?

Sport

image

Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike joriy yilning 24 may kuni Yevro-2020 turnirida ishtirok etadigan 24 kishilik tarkibni e’lon qildi. Jamoa a’zolari ichida ‘Real” ning bironta futbolchisi yo‘qligi futbol muxlislari orasida turli fikrlarni keltirib chiqardi

Ispaniya tarixda birinchi marta qirollik klubining hech qaysi futbolchisisiz yirik musobaqada ishtirok etadi.

Ko‘pchilik buning sababi deb, Enrikening “Barselona”ga aloqadorligini aytmoqda. Ammo Luis Enrike bunday mish-mishlarni rad etdi. Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi klublarning obro‘sini chetga surib, eng yaxshi formada deb o‘ylagan futbolchilarni tanlaganini aytmoqda.

Zinedin Zidan shogirdlari mavsumni hech qanday yirik sovrinni qo‘lga kiritmasdan yakunladilar, klub so‘nggi o‘n yillikda birinchi marta sovrinsiz qoldi. Jamoa boshidan kechirgan halokatli mavsum ko‘plab futbolchilariga ta’sir qildi. “Real” sardori Ramos mavsum davomida jarohatlar oldi va atigi 21 uchrashuvda maydonga tushdi.

Enrikening fikricha, “Real” futbolchilari hozirgi formada Yevro-2020 da bo‘lishga loyiq emas.

Mohinur Mamatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

futbol Ispaniya Evro-2020

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing