Yevlaxga Qorabog‘ arman jamiyati rahbari yetib keldi

Olam

image

Qorabog‘ arman jamiyati vakillari 21 sentyabr kuni Ozarbayjonning Yevlax shahriga Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyati arman aholisi bilan aloqalar uchun mas’ul shaxs bilan uchrashish uchun yetib keldi. 

Ayni paytda uchrashuvga so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 

Uchrashuvda Ozarbayjon Konstitutsiyasi va qonunlari asosida reintegratsiya masalalari muhokama qilinadi. 

Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan Qorabog‘da olib borilgan mahalliy antiterror choralari bo‘lginchilarning taslim bo‘lishi bilan yakunlandi. Qorabog‘ning arman aholisi vakillarining Rossiya tinchlikparvar kontingenti orqali murojaati inobatga olinib, 20 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi va mahalliy antiterror tadbirlari to‘xtatildi. 

Ozarbayjon prezidenti ma’muriyati taklifiga ko‘ra, 21 sentyabr kuni Yevlaxda Qorabog‘ning arman aholisi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 

Erishilgan kelishuvga muvofiq, Ozarbayjonning Qorabog‘ hududida joylashgan Armaniston Qurolli kuchlari, noqonuniy arman qurolli tuzilmalari qurollarini tashlab, jangovar pozitsiyalari va harbiy postlarini tark etib, to‘liq qurolsizlantiriladi. Armaniston Qurolli kuchlari tuzilmalari Ozarbayjon hududini tark etmoqda, noqonuniy arman qurolli tuzilmalari tarqatib yuborilmoqda. Shu bilan birga, barcha o‘q-dorilar va og‘ir texnikalar topshiriladi. 

Yuqoridagi jarayonlarni Rossiya tinchlikparvar kontingenti bilan muvofiqlashtirish ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing