YeTTB Nukusda shamol elektr stansiyasini qurishga 19,3 million dollar ajratdi
Jamiyat
−
18 may 2023
3278Yevropa tiklanish va taraqiyot banki (YeTTB) Nukus shahridagi 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini moliyalashtirish uchun ACWA Power Wind Karatau kompaniyasiga 19,3 million dollar kredit ajratdi. Bu haqda Samarqadda davom etayotgan bank boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishidan QALAMPIR.UZ xabar berdi.
“YeTTB Qoraqalpog‘istonda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurilishi va ekspluatatsiyasini moliyalashtirish uchun ACWA Powyer Wind Karatau XK MCHJga 19,3 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratmoqda.
Loyiha YeTTBning 2000 MVt shamol quvvatini rivojlantirish bo‘yicha hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash dasturining birinchi bosqichi natijasidir”, deydi bank mutasaddisi.
Shuning bilan O‘zbekistonda YeTTB tomonidan moliyalashtiriladigan qayta tiklanuvchi energiya quvvati 2700 MVt ga oshadigan bo‘ldi.
“O‘zbekistonning energetika sektori mamlakat iqtisodiy o‘sishining asosiy omili hisoblanadi, biroq u infratuzilmaning eskirishidan aziyat chekmoqda, bu esa samarasiz quvvatlar, ta’minotdagi nomutanosiblik va vaqti-vaqti bilan o‘chirishga olib keladi. Rasmiylar Parij kelishuvi doirasidagi uglerod neytralligi, energiya xavfsizligini ta’minlash va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun mamlakatning uglerod neytralligi maqsadlarining bir qismi sifatida qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha ulkan maqsadlarga erishish majburiyatini oldilar”, degan YeTTB.
YeTTB Barqaror infratuzilma guruhi boshqaruvchi direktori Nandita Parshad esa Orol dengizi mintaqasi shamol va quyosh resurslaridan foydalangan holda o‘z iqtisodiyotini tiklayotganini aytdi.
“Bu YeTTB kimoshdi savdosi bo‘yicha maslahat dasturi doirasidagi birinchi loyiha bo‘lib, 2GVt shamol energiyasini raqobatbardosh savdolar orqali yetkazib berishga yordam beradi. Bu shamol energiyasi uchun rekord darajadagi past narxni o‘rnatadi va yiliga 178 000 tonnadan ortiq CO2 emissiyasini tejash imkonini beradi”, deydi u.
Ma’lumot uchun, YeTTB hozirgacha O‘zbekistonda 2700 MVt qayta tiklanadigan energiya quvvatini moliyalashtirgan. Bundan tashqari, bank, 2000 MVt shamol energiyasini raqobatbardosh savdolar orqali etkazib berish dasturi bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlik qilib keladi.
Karatau GES loyihasi ushbu dastur doirasidagi birinchi loyihadir. Qolaversa, bu mamlakatning “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni doirasida ishlab chiqilayotgan qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha birinchi loyihadir. U, shuningdek, ayollarning mamlakatning qayta tiklanadigan energiya sektoridagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi. Homiy ACWA Power Wind Karatau mahalliy texnik institutlar bilan hamkorlikda yangi genderga mos sertifikatlangan stajirovka dasturini joriy etish orqali mahalliy iste’dodlar zaxirasini kengaytirib, mamlakatdagi yosh ayollar uchun bozorga mos ko‘nikmalar va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytiradi.
ACWA Power Wind Karatau XK MCHJ O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan va YeTTBning amaldagi mijozi bo‘lgan Saudiya Arabistoni ro‘yxatga olingan ACWA Power kompaniyasiga tegishli mas’uliyati cheklangan jamiyatdir.
Eslatib o‘tamiz, YeTTB O‘zbekistondagi yetakchi institutsional investor bo‘lib, 135 ta loyihaga 4 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritgan.
LiveBarchasi