Yoshlarga tabrik yo‘llagan Prezident, Shimoliy Koreyaga borgan Tramp, sahiy Ronaldu va kunning muhim xabarlari sharhi

Jamiyat

image

Shavkat Mirziyoyev yoshlarga bayram tabrigi yo‘lladi.

Xabaringiz bor, bugun, 30 iyun kuni O‘zbekistonda "Yoshlar kuni" keng nishonlanmoqda. 
O‘zbekiston Respubilkasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bayram munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi yo‘lladi. 

Tabrikning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. 

Tanish-bilish, orqamizda tog‘ yo‘q edi – Allamjonov mansab pillapoyalaridan qanday ko‘tarilganini esladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov ham yoshlarni ushbu bayram bilan tabriklab, mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish tarixini va bunda ortida hech kim turmagani, tanish-bilishchilik ishga solinmaganini esladi. 

"Mening dadam avtochilangar, oyim esa hamshira bo‘lib, halol mehnat bilan katta qildilar. O‘zim Toshkent shahri, Qora-qamish mavzesi 2/4, Tansiqboyev 3, 30-uydagi xonadonlarning birida tug‘ilganman. Tanish-bilish, orqamizda tog‘ yo‘q edi. Lekin baribir, mehnat qilsang qadr topar ekansan.", dedi Allamjonov.

Krishtianu Ronalduning sahiyligi tutib ketdi. 

4 yoshli forvard oilasi bilan Gretsiyadagi kurortda yetti kun dam olgan. Ronaldu ushbu kurortda bir sutka dam olish uchun 8 ming yevro to‘lagan. Dam olish yakunlangach futbolchi unga va oilasiga g‘amxo‘rlik va samimiy munosabatda bo‘lgan kurort xodimlariga 20 ming yevro miqdoridagi choy-chaqa puli qoldirgan.

Andijon viloyat hokimligi izohi: “ehtirosli jihatlar bo‘rttirib ko‘rsatildi”.

Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati Sh.Abdurahmonovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audiomateriali bo‘yicha izoh berdi. 

"Shu o‘rinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishning ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishiga to‘xtalsak. Yig‘ilishning amaliy samarasi chetda qolib, aynan ehtirosli jihatlari bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Viloyat hokimi o‘sha dori vositalari atrofidagi muammolarni avval ham bir necha bor ko‘targan. Mutasaddilarga ularning narx-navo, sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish yuzasidan topshiriq bergan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu jihatlar tushirib qoldirilgan. Bu kabi yondashuvni shov-shuv ko‘tarish, soxta obro‘ orttirish deb baholash mumkin.", deyiladi viloyat hokimligi Matbuot xizmati izohida. 

Tramp: “Katta o‘sishga erishildi. Buyuk do‘stlik boshlanadi” 

KXDR yetakchisi Kim Chen In va AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 30 iyun kuni ikkala Koreya davlati o‘rtasidagi Pxanmunj chegara punktida uchrashdi. Ikkala davlat rahbarlari chegara hududida qo‘l berib ko‘rishgan. 

Tramp KXDR chegarasini kesib o‘tib, Shimoliy Koreya hududiga qadam qo‘ygan birinchi AQSH prezidenti bo‘ldi.

"Chegarani kesib o‘tish katta sharafdir", dedi Tramp uchrashuvda. 
"Katta o‘sishga erishildi. Buyuk do‘stlik boshlanadi", ta’kidladi Oq uy rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing