Yoshlarga “sigaret” sotib olish bir umrga taqiqlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yangi Zelandiya tamaki chekishni bosqichma-bosqich to‘xtatish maqsadida qonun qabul qildi. Qonun yoshlarga tamaki sotib olishni bir umrga taqiqlaydi. Bu haqda “The Associated Press” nashri xabar berdi. 

Mamlakatda tamaki mahsulotlarini sotib olish minimal yoshi yil sayin ortib borayotganligi sababli 14 yoshdan kichiklarga tamaki sotish man qilingan. Qonun buzuvchilar 95 ming AQSH dollarigacha jarimaga tortilishi mumkin.

Shuningdek, yangi qonundan ko‘zlangan maqsad tamaki sotishga ruxsat berilgan chakana sotuvchilar sonini taxminan 6000 nafardan 600 nafargacha qisqartirish hamda tamaki tarkibidagi ruxsat etilgan nikotin miqdorini kamaytirishdan iborat.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qonun mamlakatdagi bir qancha sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan ijobiy kutib olingan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

486

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing